Bemorlar iltimosiga binoan shifokorlar mukofotlandi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishYuqumli kasalliklar shifoxonasi
Yuqumli kasalliklar shifoxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xastalikdan davolangan qizning onasi Mirziyoyevning elektron qabulxonasiga murojaat qilib, shifokorlarini mukofotlashni so‘radi.

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Bemorlardan birining onasi Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga murojaat qilganidan keyin Toshkent shahridagi 1-son Yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokorlari O‘zbekiston Tibbiyot vazirligidan mukofot olishdi, deb xabar qilmoqda nuz.uz sahifasi.

Murojaat qilgan ayol aytishiga qaraganda, oktabr oyida uning 8 yoshli katta qizi jiddiy tashhis bilan Toshkentdagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tushadi. Kasalxonada o‘z vaqtida tashhis qo‘yilib davolash boshlanadi. Ikka hafta davomida shifokorlar kichik be’morni oyoqqa turg‘izishadi.

O‘z minnatdorchiligini bildirish uchun ushbu ayol Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga murojaat qilgan.

"Bizning oila ushbu Shifokorlarga ulkan minnatdorchilik bildiradi. Ular har kuni kasallar hayotini saqlab qolmoqda. Sizdan, agar imkon bo‘lsa ularni davlat tomonidan mukofotlashni so‘rayman. Men ular o‘z ishining haqiqiy ustasi ekanligini butun Respublika bilishini istayman. Ushbu holat boshqa minglar shifokorlarga o‘rnak bo‘lishi mumkin", — deb yozgan toshkentlik ayol o‘zining murojaatida.  

Ushbu murojaat Tibbiyot vazirligi mutaxassilari tomonidan ko‘rib chiqilib, 1-sonli Yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokorlari G‘iyos Mahmudov va Abdulaziz Abduraximovlarni Sog‘liqni saqlash vazirliklarining faxriy yorliqlari bilan mukofotlandi.

Yangiliklar lentasi
0