Shavkat Mirziyoyev Kuba xalqiga hamdardlik bildirdi

© REUTERS / Henry RomeroFidel Kastro surati oldida gullar
Fidel Kastro surati oldida gullar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kubaning sobiq rahbari Fidel Kastro Rusning vafoi munosobati bilan O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Kuba xalqiga hamdardlik bildirdi.

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Kuba xalqiga yo‘llagan ta’ziya maktubida Bugungi Kuba rahbariyati va va butun Kuba xalqiga, siyosiy va davlat arbobi Fidel Kastroning vafoti munosabati bilan samimiy dalda va ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi, TIV xabariga asosan.

"Kuba yo‘lboshchisi o‘z Vatanining haqiqiy va sodiq vatanparvari sifatida, bugungi Kubaning asoschi-otasi sifatida tan olingan, Kuba davlatchiligiga mustahkam poydevor o‘rnatgan, mamlakat mustaqilligi va suvernitetini himoya qilishda mardlik va qat’iylikni namoyon qilgan", — deyilgan maktubda.

Kuba xalqining mustahkam irodasi va ozodlikka intilishi, o‘z taraqqiyot yo‘lini saqlab qolishdagi qat’iy jasorati, hech mubolag‘asiz, ushbu tarixiy shaxs nomi bilan chambarchas bog‘liqliqdir.

Fidel Kastro har doim O‘zbekiston va Kuba o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, hamkorlik va o‘zaro hurmat tarafdori bo‘lgan, deydi davlatimiz rahbari. Kuba yo‘lboshchisining O‘zbekistonga tashrifini, respublika bo‘ylab safari va unutilmas do‘stona uchrashuvlarini o‘zbekistonliklar yaxshi eslashadi.

"Biz erksevar Kuba xalqining bugungi og‘riq va qayg‘usiga sherikmiz", — deyilgan Shavkat Mirziyoyevning maktubida.

Yangiliklar lentasi
0