MSK raisi O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi

© SIK RUzMSK raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomov
MSK raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MSK raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomov murojaatida Prezident saylovi mamlakat kelajagini ta’minlovchi mas’uliyatli jarayon ekanligini ta’kidlaydi

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saytida MSK raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomovning mamlakat saylovchilariga murojaati e’lon qilindi. MSK raisi o‘z murojaatida aholini o‘z fuqarolik burchini bajarishga chaqiradi.

Quyida murojaat matni keltirilmoqda:

Hurmatli saylovchilar!

Aziz vatandoshlar!

Biz mamlakatimiz hayotidagi g‘oyat muhim siyosiy jarayon – 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida turibmiz.

© Sputnik / StringerO‘zbekiston Prezidenti sayloviga taklifnoma
Priglashenie na vibori prezidenta v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti sayloviga taklifnoma

Konstitutsiyamizga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatimiz fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi.

Fuqarolarimizning saylov huquqlari qonunlarimiz bilan to‘liq kafolatlangan. Har bir saylovchining saylov jarayonida erkin ishtirok etishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Yurtimizda turli millat va elat vakillari ahil, tinch-totuv yashamoqdalar. Ular uchun saylovga oid hujjatlar o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq va tojik tillarida chop etilib, ularning e’tiboriga yetkazilmoqda.

Saylov jarayonida faol ishtirok etish – fuqarolarimizning nafaqat konstitutsiyaviy huquqi, balki Vatan kelajagi yo‘lida qaror qabul qilish mas’uliyati hamdir.

Aziz saylovchilar!

Eslatib o‘tamiz, har bir saylovchi – bir ovozga ega. Boshqa saylovchilar uchun ovoz berish qonunda qat’iyan man qilingan.

Muhtaram otaxon va onaxonlar, qadrli opa-singillar, aka-ukalar!

Bu saylov nurafshon istiqbolimiz va farzandlarimizning yorqin kelajagini ta’minlovchi mas’uliyatli jarayondir.

Hurmatli saylovchilar!

Aziz vatandoshlar!

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatan ravnaqi uchun ovoz beraylik!

Barchangizni 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqiraman.

Yangiliklar lentasi
0