Avaz Rajabov opera qo‘shiqchilari tanlovi hay’atiga kirdi

© Sputnik / StringerXalq artisti Avaz Rajabov
Xalq artisti Avaz Rajabov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Opera qo‘shiqchilari tanlovi N.A. Rimskiy-Korsakov tug‘ilgan Leningrad viloyatining Tixvin tumanida bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Avaz Rajabov N.A. Rimskiy-Korsakov nomidagi o‘ninchi xalqaro opera qo‘shiqchilari tanlovi hay’atiga kirdi, deb xabar beradi Tixvin tumani sayti. Tanlov mashhur bastakor tug‘ilgan Leningrad viloyatining Tixvin tumanida bo‘lib o‘tadi.

Opera qo‘shiqchilari tanlovi 30-noyabrdan 4-dekabrga qadar davom etadi.  

Tanlovda 18 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lgan rus va xorij vokalchilari ishtirok etishadi. Bu yil tanlovda qatnashish uchun dunyoning 12 davlati: Rossiya, Belorussiya, Bolgariya, Germaniya, Gruziya, Isroil, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Niderlandiya, O‘zbekiston, Ukrainadan 90dan ortiq ijrochidan ariza qabul qilingan.

Ishtirokchilarni Larisa Gergiyeva (Rossiya), Forensa Kossotto (Italiya), Askar Abdrazakov (Rossiya), Mariya Gulegina (Rossiya), Yulian Konstantinov (Bolgariya), Anatoliy Loshak (Rossiya), Avaz Rajabov (O‘zbekiston), Galina Gorchakova (Rossiya), Mixail Sinkevich (Rossiya)lardan iborat xalqaro tanlov hay’ati baholaydi.

N.A. Rimskiy-Korsakov nomidagi o‘ninchi xalqaro opera qo‘shiqchilari tanlovi laureatlari 5-dekabr kuni Mariinsk teatri konsert zali sahnasida chiqish qiladilar.

Yangiliklar lentasi
0