Analitika

Oʻzbek soʻmining kelajagi: valyuta islohotlari nima beradi

Hukumat portalida valyuta sohasini erkinlashtirish haqidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi

TOSHKENT, 29 noya — Sputnik, Anton Kurilkin. Oʻzbekistonda mamlakat Prezidentining "Valyuta siyosatining ustuvor yoʻnalishlari haqida"gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri mazkur hujjat oʻz ichiga nimalarni olishi va uning tasdiqlanishi mamlakatda qanday oʻzgarishlarga olib kelishi borasida fikr yuritdi.

Eʼlon qilingan hujjat – mamlakatdagi valyuta cheklovlarini olib tashlash boʻyicha bosqichli islohotlar loyihasi yoki ilmiy til bilan aytganda, valyuta kursini liberallashtirishdir.

Iqtisod
Oʻzbekistonda ulkan valyuta islohotlari kutilmoqda

Oldinga qoʻyilgan asosiy vazifa – jozibali investitsion iqlim va ishbilarmonlik muhiti yaratish. Oddiy til bilan aytsak, respublika hukumati xususiy investitsiyalar va xorij kapitalini jalb etish tarafdori.

Buning uchun valyuta almashtirishni soddalashtirish va moliya bozoridagi cheklov choralarini bekor qilish lozim.

Bugungi kunda soʻmni xorij valyutasiga almashtirish borasidagi ortiqcha operatsiyalar biznes, turistlar va oddiy aholi uchun toʻsiq boʻlmoqda.

Valyuta nima boʻladi?

Milliy valyuta kursi bozor mexanizmlari asosida aniqlanadi.

Shu vaqtgacha soʻm kursi asosan mamlakat hukumati tomonidan belgilanardi.

Valyutani erkin almashtirishga ruxsat beriladi va koʻplab cheklov choralari bekor qilinadi.

10 ming dollargacha boʻlgan mablagʻni mamlakatga bemalol olib kirish va olib chiqib ketish mumkin boʻladi, bunda 2000 dollargacha mablagʻni deklaratsiyaga yozish shart boʻlmaydi.

Shuningdek, plastik kartalar yordamida tovarlar uchun xorijiy valyutada haq toʻlashga ruxsat beriladi. Bu yangilik xorij valyutasida maosh oladiganlar va chet elga, masalan AliExpressga mahsulot uchun buyurtma beradiganlarga qulay boʻladi. Naqd xorij valyutasida esa savdo qilinmaydi.

Biznes uchun nima beradi?

Valyuta almashtirishga qoʻyilgan cheklovlar olib tashlanadi. Qonun xususiy tadbirkorlarga tovarlar va xizmatlar importi uchun yuridik shaxs tashkil etmasdan toʻlov qilishga ruxsat beradi.

Bundan tashqari, eksportchi va importchilar ichki bozorda valyutaga ega boʻlish huquqini qoʻlga kiritishadi.

Xorij firmalari uchun ulkan imkoniyatlar ochiladi — Oʻzbekiston norezidentlari mamlakat banklarida oʻz hisob raqamlarini ochishlari va mablagʻlaridan erkin foydalanishlari mumkin boʻladi.

Davlat toʻlovlari va soliqlar soʻmda toʻlanadi. Valyutada olingan daromad va dividendlarni esa valyutada toʻlash mumkin boʻladi. 

Boshlanishi oson boʻlmaydi

Dastlabki vaqtda birdaniga hammasi yaxshi boʻlib ketishini kutish kerakmas, deydi Lomonosov nomidagi MDU iqtisodiyot fakultetining makroiqtisodiy siyosat va strategik boshqaruv kafedrasi dotsenti Oleg Buklemishev. Uning fikricha, Rossiyaning bundan yigirma besh ilgarigi tajribasi vaziyat haqida keng tushuncha beradi.

Moskvada turizm koʻrgazmasi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Turistik korxonalar valyutani davlatga sotish majburiyatidan ozod qilindi

"Agar sobiq sovet respublikalari tajribasiga nazar soladigan boʻlsak, dastlab bu ijobiy natijalar keltirmagan, lekin vaqt oʻtishi bilan, biznesning rivojlanishi va meʼyoriy boshqaruv tizimi oʻrnatilishi sababli valyuta kursini liberallashtirish ijobiy natijasini berdi".

Ekspertning fikriga koʻra, dastlabki paytda soʻm kursi tushadi, xususiy savdo va eksport hajmi oshadi.

"Odatda, bunday choralardan keyin milliy valyuta kursi tushadi, devalvatsiya sodir boʻladi. Bu narxlar tafovutidan foydalanuvchi turli oʻyinchilarni oʻziga jalb etadi. Vujudga kelgan vaziyatdan xom ashyo eksportchilari foydalanishga harakat qilishadi, bozorga esa jismoniy shaxslar kirib kelishadi", — dedi ekspert.

Umuman olganda, hukumatning ehtiyotkorligi va valyutani liberallashtirish masalasini xalq muhokamasiga qoʻyishi respublika rahbariyati barcha jihatlarni hisobga olganini va avvalo aholini mazkur qadamga tayyorlashga qaror qilganini koʻrsatadi. Umuman, hujjat ham hozircha umumiy xarakterga ega — har bir moddaning aniq amalga oshirilish muddatlari keltirilmagan, portal foydalanuvchilari izoh berganlaridek, u hozircha umumiy xarakterga ega.
Lekin qonun loyihasi jamoatchilik eʼtiboriga havola etilgani – yangi hukumat islohotlarni davom ettirish yoʻlidan borishini bildiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala