Hodisalar

Kolumbiyadagi aviahalokatda "Shapenkoens" klubi himoyachisi tirik qoldi

© NomadaliPaskual Gerrero nomidagi stadion. Kali shahri, Kolumbiya
Paskual Gerrero nomidagi stadion. Kali shahri, Kolumbiya - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumbiyada roʻy bergan aviahalokatda kamida 13 kishi tirik qolgan

TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Seshanba kuni bortida 72 nafar yoʻlovchi, shu jumladan braziliyaning "Shapekoens" klubi futbolchilari boʻlgan samolyot Kolumbiada qulab tushgani haqida xabar qilingan edi.

Braziliyaning Shapekoense klubi futbolchilari - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
"Paxtakor 79" fojiasi takrorlandi - braziliyalik futbolchilar aviahalokatga uchradi
Braziliyalik futbolchilar "Atletiko" bilan Janubiy Amerika kubogi birinchi final uchrashuvida ishtirok etish uchun Kolumbiyaning Medelin shahriga yoʻl olgan edi, deb yozadi nashr.

Sal keyin OAVlarda samolyot qulagan vaqtida portlash roʻy bermagani va bir nechta yoʻlovchilar tirik qolgani haqida xabar tarqalgan edi.

"Shapenkoens" tarkibidagi birinchi tirik qolgan futbolchi klub himoyachisi 27 yashar Rushel boʻlgani xabar qilinmoqda.

Eng soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ushbu aviahalokatda kamida 13 kishi tirik qolgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala