"Paxtakor 79" fojiasi takrorlandi - braziliyalik futbolchilar aviahalokatga uchradi

© REUTERS / Paulo WhitakerBraziliyaning "Shapekoense" klubi futbolchilari
Braziliyaning Shapekoense klubi futbolchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bortida 72 nafar yo‘lovchi, shu jumladan, Braziliyaning "Shapenkoens" futbol klubi futbolchilari bo‘lgan samolyot Kolumbiyada halokatga uchradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Nashr xabariga ko‘ra, samolyot bortida 72 nafar yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj e’zosi bo‘lgan.

"Xabarda ta’kidlanishicha. futbolchilar Janubiy Amerika kubogida ishtirok etish uchun Kolumbiyaning Medelin shahriga yo‘l olgan bo‘lgan.

Aviahalokat Antinokiya provinsiyasida ro‘y bergan deyiladi xabarda.

​So‘nggi xabarlarga muvofiq, samolyot Serro Gordoda (La Unon munitsipaliteti) yoqilg‘i yetishmasligi sabab qulagan.

"Shapekoense" futbol klubi samolyoti bilan yuz bergan favqulodda holat yuzasidan mahalliy organlar bilan birgalikda ishlayapmiz", — deyilgan Kolumbiyaning Xose Mariya Kordova aeroportining Tvitterda e’lon qiligan xabarida.

ABC World News xabarlariga ko‘ra, hozirga qadar qutqaruvchilar hodisa yuz bergan joyda oltin nafar tirik yo‘lovchini aniqlaganlar.

Aeroport ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, "iqlim sharoitlari" tufayli hodisa yuz bergan joy hududi vaqtincha yopilgan. Xabarlarga ko‘ra, bir nechta inson tirik qolgan bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0