Qirg‘izistondagi Doroy bozori tomi odamlar ustiga quladi, jarohatlanganlar bor

© Sputnik / Mixail DudinBishkekdagi "Dordoy" bozorining tomi odamlar ustiga o‘pirilib tushdi
Bishkekdagi Dordoy bozorining tomi odamlar ustiga o‘pirilib tushdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston meriyasi tarqatgan xabarlarga ko‘ra, uch nafar odam jiddiy jarohat olgan, ayollardan biri og‘ir ahvolda. Qulab tushgan tomning maydoni 450 kvadrat metrni tashkil qilgan

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. "Dordoy" bozori tomi qulashi tufayli yopildi, deb xabar qilmoqda Bishkek shahri hokimligi matbuot-xizmati.

Qirg‘iziston meriyasi tarqatgan xabarlarga ko‘ra, qulab tushgan tom maydoni 450 kvadrat metrni tashkil qilgan. Xabarlarga ko‘ra, uch nafar ayol jarohatlangan. Ulardan biri og‘ir ahvolda shahar kasalxonasiga olib ketilgan. Ayolning bosh suyagi va miyasi jiddiy shikastlangani aytilmoqda.

© Sputnik / Rasul MuratBishkekdagi "Doroy" bozori tomi odamlar ustiga qulab tushdi
Na rinke Dordoy v Bishkeke krisha ruxnula na lyudey - Sputnik O‘zbekiston
Bishkekdagi "Doroy" bozori tomi odamlar ustiga qulab tushdi

Sputnik Qirg‘iziston tarqatgan xabarlarga muvofiq, hodisa joyida qutqaruvchilar, tez tibbiy yordam stansiyasi shifokorlari va militsiya xodimlari ish olib borishmoqda.

Odamlar bozor hududidan evakuatsiya qilinmoqda, deb yozgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0