Jamiyat

Rossiya va Oʻzbekiston harbiy-texnik hamkorlik shartnomasi imzolashdi

Sergey Shoyguning soʻzlariga qaraganda Oʻzbekiston qurolli kuchlarini 2020 yilga qadar Rossiyaning zamonaviy qurol-yarogʻ bilan taʼminlash dasturi amalga oshirilmoqda.

TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Bugun Rossiya va Oʻzbekiston harbiy-texnik hamkorlik shartnoma va 2017 yil davomida mamalkatlar Mudofaa vazirliklari orasida hamkorlik shartnomasi  imzolashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.   

Rossiya askarining yangi kiyimi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiya Hukumati Oʻzbekiston bilan Harbiy-texnik hamkorlik shartnomasini tasdiqladi

“Ushbu shartnomani imzolash sizning mamlakatingiz qurolli kuchlarini jihozlash va ularning jangovar qobiliyatini oshirish masalalarini tezkorlik bilan hal qilish imkonini beradi. Undan ikki mamlakat Mudofaa vazirliklari orasidagi hamkorlikni faollashtirish va uni amaliy darajaga koʻtarishga yordam beradi”, — dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu oʻzining oʻzbekistonlik hamkori Qobul Berdiyevga.

Shoyguning soʻzlariga qaraganda, shartnoma birinchi navbatda  Rossiya va Oʻzbekiston xavfsizliginini taʼminlovchi tadbirlarga, qurolli kuchlar jangovar qobiliyatini oshirishga, harbiy mutaxassislar tayyorlashga va harbiy-texnik hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan.

“Bugungi kunda Oʻrta Osiyo hududidagi talab va chaqiriqlar ularni bartaraf etish uchun mamlakatlar saʼy-harakatini jamlashni talab qiladi. “Islom davlati” va boshqa terrorchi tashkilotlar jangarilarini bizning mamlakatlarga kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kerak”, — dedi Sergey Shoygu. 

Undan tashqari, vazirnig soʻzlariga qaraganda Oʻzbekiston qurolli kuchlarini 2020 yilga qadar qayta jihozlash va zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan taʼminlash dasturi ham amalga oshirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bundan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federatsiya Kengashi tomonidan taklif qilingan, Oʻzbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik haqidagi shartnomani tasdiqlagan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala