Jamiyat

Rossiya aholisining 78% migrantlar kelishiga qarshi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishToshkent-Moskva poyezdi kelishi
Toshkent-Moskva poyezdi kelishi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya aholisining aksariyati migrantlar haqida umuman salbiy fikrda, faqat uchdan biri boshqa madaniyatli kishilar bilan yonma-yon yashashga tayyor.

TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Rossiyaliklarning asosiy qismi ish beruvchilarga migrantlarni yollash iqtisodiy samarali ekanligiga ishonchi komil, bu haqida Rossiya Jamiyat fikrini oʻrganish markazi xabarida aytilgan, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Jamiyat fikrini oʻrganish borasida oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, mahalliy aholining 81 % — ish beruvchilar uchun migrantlarni oʻz foydasi yoʻlida yollaydi, 71%  - migrantlar kamroq oylikka rozi boʻladi,  74% — migrantlar noqonuniy ishlaydi   - deb hisoblaydi. Migrantlar bizning ish joylarimizni egallamoqda deb hisoblaydiganlar soni – 67% ni takshkil  qildi.

 

Shahar aholisining 70% va qishloq aholisining 46% oʻzlari yashab turgan hududda migrantlar koʻpligini sezmoqdamiz deyishgan.

Faqat 36% fuqarolar migrantlar Rossiya iqtisodiga qoʻshimcha daromad keltirmoqda deb hisoblaydi. Shuningdek 57% aholi migrantlar tufayli ayrim xizmatlarni arzonroq sotib olish mumkin degan fikrda.

Rossiyaliklarning aksariyati — 78% migrantlar kirishiga cheklov qoʻyish kerak deb hisoblaydi. Mahalliy aholining faqat 37% migrantlar bilan yonma-yon yashash hayotni qiziqroq qiladi deb hisoblaydi va 30% boshqa madaniyatlarga qiziqish bildirdi.

Soʻrov Rossiya Jamiyat fikrini oʻrgani markazi (VTSIOM) tomonidan 17-24 noyabr kunlari 130 aholi punktlarida oʻtkazildi. Soʻrovda 1600 kishi qatnashdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala