TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro hoki ortilgan kolonna chorshanba kuni mamlakat janubi-sharqi, poytaxtdan 900 km masofada joylashgan Santyago-de-Kuba shahriga qarab yurishni boshladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Motam marshi Kuba vaqti bilan 07.15da boshlangan.
Kolonna marshruti boʻylab Kuba inqilobi yetakchisi — Fidelni soʻnggi manzilga kuzatgani kelganlardan iborat "devor" hosil boʻlgani xabar qilinmoqda.
Kastro kuli 4 dekabr kuni Santyago shahrining "Santa Ifigeniya" qabristoniga qoʻyiladi.
Eslatib oʻtamiz, Fidel Kastro 25 noyabr kuni 90 yoshida vafot etgan edi. Kubada 9 kunlik motam eʼlon qilindi, davlat bayroqlari tushirildi, barcha bayram tadbirlari bekor qilindi.
Fidel Kastroning dafn marosimida 27 davlat delegatsiyalari ishtirok etishi kutilmoqda.