"Jimlik kuni" yakuniy qarorga kelish imkoniyatini beradi

© AFP / Max VetrovOvoz berish bulletenlari
Ovoz berish bulletenlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Professor Ilyas Tulteyevning fikricha, ovoz berish jarayoni hali davom etayotgan paytda ham so‘rovning dastlabki natijalari e’lon qilinishi jamoatchilik fikri va saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatadi

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekistonda saylov davomida ekzitpollarni (saylov uchastkalarida so‘rovnoma o‘tkazish) taqiqlash saylovchilarga o‘z mustaqil qarashlarini shakllantirish imkonini beradi, dedi Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Ilyas Tulteyev, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"O‘zbekistonda saylov kampaniyasi paytida jamoatchilik fikri so‘rovi natijalarini e’lon qilish tartibining chegaralangani saylovchiga o‘z mustaqil fikrini shakllantirish imkonini beradi. Siyosiy partiyalar, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining saylov jarayonini kuzatishlari orqali mazkur cheklov o‘zini oqlaydi", — dedi Tulteyev O‘zbekiston MSKda bo‘lib o‘tgan seminar davomida.

Tulteyev  amaliyotda ovoz berish jarayoni hali davom etayotgan paytda ham so‘rovning dastlabki natijalari e’lon qilinishi jamoatchilik fikriga muayan ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydi.

"Shubhasiz, bu jamoatchilik fikriga muayan ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun ham so‘nggi paytlarda saylov natijalariga noqonuniy ta’sir ko‘rsatishning bunday amaliyotini tanqid qilish tobora kuchayib borayotgani tasodif emas", — dedi yurist.

Interkontinental Tashkent mehmonxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Saylov oldidan OAVlar uchun press-klub tashkil qilindi

O‘zbekistonda 2012-yilda saylov qonunchiligiga ovoz berish kuniga qadar qolgan 5 kun ichida, shuningdek, ovoz berish kuni jamoat fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni nashr etish (e’lon qilish), shuningdek ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan, Internet tarmog‘iga) joylashtirish taqiqlanishi, kuzatuvchilarga saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga bulletenga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish man etilishi to‘g‘risida o‘zgartishlar kiritilgan.

Mazkur qonun talablarining buzilishi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq, mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining 15 barobaridan 20 barobarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shunga ko‘ra, joriy yilning 3—4 dekabr kunlari saylovoldi tashviqoti taqiqlanadi.

Saylov plakati - Sputnik O‘zbekiston
Saylovoldi tashviqotida OAVga qo‘yiladigan talablar aytib o‘tildi

"Jimlik kuni" saylovchilarga qaysi nomzodga moyilligini mustaqil aniqlab olish imkonini beradi. Bunda u saylovoldi tashviqotidan xoli ravishda bosiqlik bilan u yoki bu nomzod uchun ovoz berish maqsadida ongli qaror qabul qiladi.

3 dekabr kirib kelishi bilan saylovoldi tashviqoti davri tugaydi. Shu kundan e’tiboran ovoz berish yakunlanguniga qadar ommaviy axborot vositalarida saylovoldi tashviqoti taqiqlanadi, boshqa turdagi saylovoldi tashviqotini olib borishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonunchilikka binoan, "jimlik kuni"gacha nomzodlarga ovoz berishga chaqiradigan tashviqot materiallari olib tashlanishi kerak. Qonunda belgilangan tartibda joylashtirilgan bosma tashviqot materiallari — varaqalar, plakatlar va boshqalar jamoat gavjum bo‘ladigan joylarda saqlanmasligi lozim. Binolar, inshootlar, tashqi reklama vositalari va boshqa joylarga joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari uchastka saylov komissiyalari a’zolari, siyosiy partiyalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari tomonidan olib tashlanadi. Saylovoldi tashviqoti materiallarini olib tashlash ovoz berish boshlanishidan ikki kun avval soat 20:00da boshlanadi va ovoz berish kuniga bir kun qolganida soat 06:00da yakunlanadi. Shundan kelib chiqib, saylovga bir kun qolganda hech bir jamoat joyida tashviqot materiali bo‘lmasligi lozim.

"Jimlik kuni"da ruxsat beriladigan yagona tashviqot tadbiri saylovchilarni ovoz berishga chorlashdir.

Yangiliklar lentasi
0