Oksana Chusovitina Meksikadan medallar bilan qaytdi

© NOK UzbekistanaOksana Chusovitina Meksikadagi turnirda
Oksana Chusovitina Meksikadagi turnirda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik gimnastikachi bitta oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Oksana Chusovitina Meksikada bo‘lib o‘tgan Abierto Mexicano de Gimnasia sport gimnastikasi bo‘yicha xalqaro ochiq musobaqada ikkita medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekistonlik gimnastikachi tayanib sakrash bo‘yicha 14,25 ball bilan oltin medalga, ko‘pkurash musobaqalarida to‘rt tur ballari yig‘indisi bo‘iycha 52,225 ball to‘plab bronza medaliga erishdi.

© NOK UzbekistanaOksana Chusovitina Meksikadagi turnirda
Oksana Chusovitina na turnire v Meksike - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina Meksikadagi turnirda

Musobaqada Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Kolumbiya, Meksika, Ruminiya, O‘zbekiston, Ukraina va Yaponiya sportchilari ishtirok etdilar.

Eslatib o‘tamiz, Rioda bo‘lib o‘tgan 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlarida 41 yoshli Chusovitina eng yoshi ulug‘ va Olimpiadalarda qatorasiga yetti marta ishtirok etgan gimnastikachi sifatida e’tirof etilib, o‘ziga xos rekord o‘rnatgandi.

Yangiliklar lentasi
0