Madaniyat

Alisher Navoiy va Islom Karimov haykalini qurish kimga topshiriladi?

© Flickr / stefan_fotosAmir Temur haykali
Amir Temur haykali - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri saylovchilari bilan oʻtkazgan uchrashuvi chogʻida atoqli haykaltarosh Ilhom Jabborov nomini tilga olib, "bu insonning ijodidan har qancha faxrlanib gapirsak arziydi", deb taʼkidlagan edi. Ana shundan soʻng ijtimoiy tarmoqlarda "Islom Karimov haykalini Jabborov yaratarmish" degan taxminlar bolalab ketdi

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik, Tanho Sattarova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan oʻtkazgan uchrashuvi chogʻida oʻzbek sanʼatiga hissa qoʻshayotgan isteʼdod sohiblarini birma-bir sanab oʻtgan edi.

Toshkentdagi mustaqillik maydoni - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev Toshkentda Karimov nomidagi maydon barpo etishni taklif qildi
Buyuk sanʼatkorlar – Mulla Toʻychi Toshmuhammedov, Yunus Rajabiy, Mannon Uygʻur, Abror Hidoyatov, Shukur Burhonov, Karim Zokirov, Qudrat Xoʻjayev, Gʻani Aʼzamov, Zikir Muhammadjonov, Botir Zokirov, Ergash Karimov kabi oʻnlab, yuzlab isteʼdod sohiblari madaniyatimiz tarixida yorqin iz qoldirganini barchamiz yaxshi bilamiz", deb aytgan Mirziyoyev, "atoqli rassom va haykaltaroshlarimiz Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Vladimir Burmakin, Ilhom Jabborov, Akmal Ikromjonov, mashhur xalq ustasi Ortiq Fayzullayevlarning ijodi haqida har qancha faxrlanib gapirsak, arziydi", — deb qoʻshimcha qilgan edi.

Ana shundan soʻng ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga bunyod etiladigan hamda marhum prezident qarori bilan tashkil qilingan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Til va adabiyot universiteti oldiga qoʻyiladigan Alisher Navoiy haykallari Mustaqil Oʻzbekiston ramzlariga aylangan uchta monument muallifi, Oʻzbekistonning eng old haykaltaroshlaridan biri Ilhom Jabborov tomonidan yaratilarmish degan gap-soʻzlar bolalab ketdi.

© foto iz arxiva Akademii xudojestv UzbekistanaIlhom Jabborov, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining akademigi, haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi
Ilxom Jabborov - Sputnik Oʻzbekiston
Ilhom Jabborov, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining akademigi, haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi

Bu gap-soʻzlar qanchalik haqiqatga yaqinligini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan bogʻlandik.

"Ayni paytda hujjatlashtirish ishlari olib borilayotgani sababli, haykallarni kim qurishi borasida aniq maʼlumot bera olmaymiz", — deya javob qaytardi akademiya vakili.

Haykaltarosh Ilhom Jabborovni esa topishning iloji boʻlmadi. Sputnik Oʻzbekistonning ishonchli manbasi maʼlumotlariga koʻra, "Haykaltarosh oʻz ishini tashlab, toqqa uzlatga chiqib ketgan".

Eslatib oʻtamiz, Ilhom Jabborov Toshkentdagi Furqat (bronza, granit, 1982; meʼmori S. Sutyagin), Urgutdagi Navoiy (mis, 1985), Namangandagi Mashrab (mis, 1988), Toshkent (1992), Samarkand (1997) va Shahrisabz (1997)dagi Amir Temur haykallari (bronza; meʼmori F. Ashrafiy), Fargʻonadagi Al Fargʻoniy (bronza, 1998), Toshkentdagi "Ona" (bronza, 1999), Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi (2000) haykallari muallifidir. "Mehnat Shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2001).

© Flickr / RamónAmir Temur haykali
Pamyatnik Amir Timuru - Sputnik Oʻzbekiston
Amir Temur haykali
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala