Jamiyat

Samarqandda amnistiyaga koʻra ozod boʻlganlarga koʻmak berilmoqda

© fotoliaQonun va odil sudlov ramzlari
Qonun va odil sudlov ramzlari - Sputnik Oʻzbekiston
Bugungi kunga qadar Samarqand viloyati boʻyicha amnistiya tufayli 150 dan ortiq fuqaro jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqqan. Ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, ijtimoiy moslashuvi va bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Amnistiyaga koʻra ozod boʻlganlarga koʻmak berilmoqda, deb xabar berilgan Samarqand viloyati hokimligi rasmiy saytida.

"Bugungi kunga qadar viloyatimiz boʻyicha amnistiya tufayli 150 dan ortiq fuqaro jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqdi. Ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, ijtimoiy moslashuvi va bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda", — deyilgan xabar matnida.

Muqaddam sudlanganlarni ijtimoiy muhitga moslashtirish viloyat markazi maʼlumotiga koʻra, amnistiya aktiga koʻra jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqqan shaxslarga oʻrnatilgan tartibda moddiy koʻmak berish choralari koʻrilmoqda. Shu kunga qadar 63 nafar fuqaro markazga murojaat qilgan.

Vaqtincha hibsda saqlash joyidan ozod qilingan erkak oʻgʻlini bagʻriga bosmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekistonda amnistiya eʼlon qilindi
"Men adashib jinoyat yoʻliga kirib qoldim va qilmishim uchun sud hukmi bilan 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgandim, – deydi Tayloq tumani Naqqashon mahallasida yashovchi Azizmurod Tillayev. – Belgilangan jazoning ikki yilini oʻtadim va amnistiya tufayli ozodlikka chiqdim. Oilam bagʻridaman. Toʻgʻrisi, hozirgi quvonchli hislarimni soʻz bilan ifoda etish qiyin. Bizdek adashganlarga yana imkoniyat berganligi uchun davlatimiz rahbariyatidan behad minnatdorman".

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlarida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan amnistiya aktiga koʻra jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqqan shaxslar tuman va shaharlardagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda 8 yoʻnalishda bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqqan shaxslarning bandligini taʼminlash yuzasidan ham viloyat mehnat boshqarmasi tomonidan chora-tadbirlar olib borilmoqda. "Shu kunga qadar viloyat boʻyicha ozod boʻlganlarning 35 nafari boshqarmamiz va uning hududiy boʻlimlari tomonidan ishga joylashtirildi, – deydi viloyat mehnat boshqarmasi bosh mutaxassisi Ilhom Xoliqulov. – Ayni vaqtda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ozod qilingan shaxslarning mehnatga layoqatliligi, kasbi, maʼlumoti, qiziqishi hamda tajribasini oʻrganish jarayoni davom etmoqda. Xulosalar natijasida ularni ishga yoʻnaltiramiz".

Xabarda taʼkidlanishicha, viloyatda qaror ijrosini taʼminlash va amnistiya aktiga koʻra, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod boʻlgan shaxslarga oʻrnatilgan tartibda koʻmak berish ishlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala