Samarqandda talonchilar to‘dasi faoliyatiga chek qo‘yildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishQo‘lga olish
Qo‘lga olish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayblanuvchilar xususiy tadbirkorlarni o‘ldirish bilan tahdid qilib hamda ularning yaqinlarini qiynash yo‘li orqali tovlamachilik bilan pul undirishgan

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Samarqand viloyat huquqni muhofaza qilish organlari viloyat hududida talonchilik va o‘g‘irlik bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga kuch tizimidagi manba.

Payariq tumanilik 27 yoshli Toir Xo‘jaqulov shu tumanda yashovchi to‘rt fuqaro: 19 yoshli Sadoqat Himmatova, 31 yoshli Bekzod Abdug‘aniyev, 42 yoshli Odiljon Aminov va 19 yoshli Ibrohimjon Abdusalomovlardan iborat jinoiy guruh tuzadi.

Guruhning har bir a’zosining o‘z vazifasi bo‘lib, ular to‘da rahbariga so‘zsiz bo‘ysunishgan. Ayblanuvchilar xususiy tadbirkorlarni o‘ldirish bilan tahdid qilib hamda ularning yaqinlarini qiynash yo‘li orqali tovlamachilik bilan pul undirishgan.

"Mazkur jinoiy guruh qator jinoyatlarni amalga oshirgan. Talonchilarning harakatlaridan Payariq tumanining ko‘plab fuqarolari jabr ko‘rishgan. Masalan, guruh a’zosi Sadoqat Himmatova sheriklariga "Madaniyat" mahallasidagi xonadonlardan biri haqidagi ma’lumotlar va uyning chizmasini beradi. To‘da tunda xonadondagi itlarni zaharlab o‘ldirib, hujum uyushtiradi. Uy egalarini kaltaklab va tahdid qilib, ular xonadondan 30 million so‘m va 1200 dollar pulni olib chiqib ketishadi", — dedi manba.

Hibsga olinganlar - Sputnik O‘zbekiston
Marg‘ilonda reyderlik bilan shug‘ullangan jinoiy to‘da ustidan hukm o‘qildi

Shuningdek, uyushgan guruh a’zolari Payariq tumanida yashovchi Hasanovlar xonadonidan umumiy qiymati 53 million so‘mdan ortiq bo‘lgan tilla buyumlarni o‘g‘irlab chiqib ketishadi. Bundan tashqari, guruh a’zolari talonchilik va o‘g‘irlik bilan bog‘liq qator jinoyatlarni sodir etishadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya orqali to‘daning barcha a’zolari qo‘lga olindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudida mazkur ish bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rib chiqilgan hujjatlar va ashyoviy dalillar asosida ayblanuvchilarga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 164-(talonchilik) va 169-(o‘g‘irlik) moddalari bilan ayblov qo‘yildi.

Toir Xo‘jaqulov 11-yilga, Bekzod Abdug‘aniyev va Ibrohimjon Abdusalomov har biri 10-yil 6 oydan, Odiljon Aminov 10-yilga va Sadoqat Himmatova 6-yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Yangiliklar lentasi
0