Dunyoda

Yaponiya KXDRga nisbatan yangi sanktsiyalar kiritdi

© AFP / Mandel NGANYaponiya bayrogʻi
Yaponiya bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan eʼlon qilingan sanktsiyalarning davomi sifatida Yaponiya hukumati KXDRga nisbatan sanktsiyalar qabul qildi

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Yaponiya hukumati Pxenyan tomonidan beshinchi yadro sinovi oʻtkazilganiga javoban KXDRga nisbatan yangi sanktsiyalarni qabul qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Yangi sanktsiyalarga koʻra, Shimoliy koreys assotsiatsiyasi rahbarlari, raketa texnikasi sohasidagi xorijlik yadroviy mutaxassislar agarda Shimoliy Koreyada boʻlib qaytgan boʻlishsa, Yaponiyaga kiritilmaydi. Shuningdek, Shimoliy Koreya portiga kirgan har qanday kemalar, xususan yapon kemalari ham Yaponiya portlariga kiritilmaydi. Bundan tashqari, Yaponiyadagi hisob raqamlari muzlatiladigan KXDRning yadro va raketa sohasiga aloqador shaxs va tashkilotlarining roʻyxati kengaytiriladi, deb xabar berdi Kiodo agentligi.

BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan eʼlon qilingan sanktsiyalarning davomi sifatida Yaponiya hukumati KXDRga yangi samolyotlar va vertolyotlar eksportini hamda Shimoliy Koreyadan mis, nikel, kumush importini taqiqladi.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ogohlantirish: Shimoliy Koreya AQSH harbiy bazasi va Seul kulini koʻkka sovurmoqchi

Yaponiya bosh vaziri hukumat majlisida sanktsiyalarning kuchaytirilishi 1970-80 yillarda oʻgʻirlab ketilgan va KXDRda tutqunlikda saqlanayotgan yapon fuqarolari muammosini hamda Pxenyanning yadro va raketa dasturi masalasini hal qilishi lozimligini bildirdi.

KXDR 5 sentyabr kuni uchta ballistik raketa sinovini muvaffaqiyatli oʻtkazgandi. 9 sentyabr kuni esa 2006 yildan buyon beshinchi marta yadroviy sinovni oʻtkazdi.

BMT Xavfsizlik kengashi chorshanba kuni KXDRga nisbatan sanktsiya rejimini kuchaytirdi. Hujjatda kirishlari taqiqlangan va hisob raqamlari muzlatilishi lozim boʻlgan shaxslar va tashkilotlar roʻyxati keltirilgan. Shuningdek, mamlakatga yetkazib berish taqiqlangan xom ashyo, uskuna va texnologiyalar sanab oʻtilgan.

Shimoliy Koreya sanktsiyalar qabul qilinishini oʻz suvereniteti va rivojlanish huquqiga nisbatan tajovuz deb hisoblamoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala