Oqsaroy o‘rniga yangi qarorgoh qurilishi haqidagi xabar inkor etildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishOqsaroy qarorgohi
Oqsaroy qarorgohi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OAVda Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohi hududida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov uchun xotira muzeyi barpo etilishi hamda yangi Prezident uchun yangi qarorgoh qurilishi haqida xabarlar tarqalgandi

TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Kuni kecha qator xorij va o‘zbek ommaviy axborot vositalarida Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohi hududida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov uchun xotira muzeyi barpo etilishi hamda yangi Prezident uchun yangi qarorgoh qurilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Sputnik O‘zbekiston mazkur xabarlarga oydinlik kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Matbuot xizmati bu mavzuda hech qanday xabar tarqatmaganini hamda bu xabarga izoh bermaganini ma’lum qilib, yuqoridagi xabarlarni inkor qildi.

Yangiliklar lentasi
0