Jamiyat

AQSH eksperti Oʻzbekistondagi islohotlarga baho berdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtish4 dekabr - Oʻzbekiston Prezidenti saylovi kuni
4 dekabr - Oʻzbekiston Prezidenti saylovi kuni - Sputnik Oʻzbekiston
Ekspert Oʻzbekiston siyosiy tizimi xorij kuzatuvchilarini hayron qoldiradigan oʻziga xos xususiyatlarga egaligini bildirdi

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Oʻzbekiston islohotlar yoʻlida muntazam olgʻa harakatlanmoqda, yil sayin sezilarli oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda, deb hisoblaydi saylovlarni kuzatayotgan amerikalik ekspert, Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr.

"Shu kungacha mening taassurotlarim juda ijobiy. Oʻn yil davomida islohotlar amalga oshirilgan. Menimcha, muvaffaqiyatli… Umumiy kayfiyat ijobiy – bir yil ilgari yoʻllarda blokpostlar bor edi, olib tashlanibdi. Kichik, lekin zarur va muhim qadamlar qoʻyilgan", — dedi ekspert RIA Novosti muxbiri bilan suhbatda.

Starr yana bir "muhim holatni" aytib oʻtdi.

"Prezident Karimov vafotidan soʻng hukumat almashinuvi judayam osoyishta va sobitqadamlik bilan oʻtmoqda. Tan olish lozim – bu mahalliy rahbarlarning muvaffaqiyati", — dedi u.

Sayyora Xoʻjayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ekspert: Oʻzbekistonda saylovoldi targʻibotlari boshlanmoqda

Oʻzbekistonning siyosiy tizimi xorij kuzatuvchilarini hayron qoldiradigan oʻziga xos xususiyatlarga ega, deb qoʻshib qoʻydi Frederik Starr.

"Masalan, partiyalar. Ular quyidan emas, yuqoridan tashkil etilgan. Bu gʻayrioddiy holat. Lekin bir necha yil ichida ular oʻz vazifalari, xususiyatlari, dasturlarini belgilab oldilar. Ular mablagʻ toʻpladilar, oʻz mahalliy organlarini tashkil etishdi. Maʼlum vaqt oʻtgach, ular haqiqiy partiyalarga aylandilar. Partiyalarning quyidan emas yuqoridan tashkil qilinishi judayam qiziq holat", — dedi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi.

Oʻzbekiston Prezidenti saylovi 4 dekabr kuni boʻlib oʻtadi. Mamlakatda rasman roʻyxatga olingan barcha toʻrt partiya davlat rahbarligiga oʻz nomzodlarini koʻrsatishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala