Hodisalar

Mutaxassislar Ufani yer yutmasligini taʼkidlashmoqda

Yaqinda Internatsionalnaya koʻchasidagi hovlilardan birida turgan mashina odamlar koʻz oʻngida yer ostiga ravona boʻldi

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Yaqindagina yer choʻkishi oqibatida avtomobil tubsizlikka ravona boʻlgan Ufa shahridagi arxitektorlar va qutqaruvchilar  mahalliy aholini xavotirlanmaslikka va shaharni yer yutib yubormasligiga ishontirishmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri Ramilya Salixova.

Shu bilan birgalikda mutaxassislar Ufaning qaysi hududida va qachon yana yer choʻkishi yuz berishi mumkinligini aniq ayta olishmayapti.

Boshqirdiston poytaxti Ufa yerosti boʻshliqlari ustiga qurilgan. Bu yerda har yili bir necha bor yer choʻkishi yuz beradi. Yaqinda Internatsionalnaya koʻchasidagi hovlilardan birida turgan mashina odamlar koʻz oʻngida yer ostiga ravona boʻldi. U kutilmaganda hosil boʻlgan chuqurligi 11 metrli oʻraga quladi. Uy buzilib ketishi mumkinligini hisobga olib avtomobilni oʻradan olmaslikka qaror qilishdi va oʻrani tuproq bilan toʻldirib qoʻyishdi. Ikkinchi hodisa esa Pervomayskaya koʻchasida yuz berdi: yer oʻpirilishi oqibatida asfal yoʻlda chuqurligi ikki, uzunligi oʻn metrli oʻra paydo boʻldi. Ilgariroq Ufa meriyasi 2017-2018 yillarda hokimiyat shahar hududidagi yerosti boʻshliqlari hosil boʻlish jarayoni yuzasidan tekshiruv oʻtkazilishi va boʻshliqlar xaritasi yangilanishini bildirgandi.

Mutaxassislarning fikricha, tez-tez yer oʻpirilishining sabablaridan biri yer qatlamini oʻrganmasdan turib qurilish ishlari olib borishdir.

"Bugungi kunda kommunikatsiyalar mujassamlashgan ommaviy qurilishlar olib borilmoqda va bu texnogen jarayonni kuchaytirmoqda, yaʼni shaharga boʻlgan bosim ortgandan-ortib boryapti. Shuning uchun ehtiyotkorlik bilan loyihalash, qurish va foydalanish lozim", — dedi jurnalistlarga arxitektura loyihalari bilan shugʻullanuvchi korxona bosh direktori Vladimir Kamalov.

Mutaxassisning aytishicha, vahimaga hojat yoʻq va shahar choʻkib ketmaydi. Lekin yer oʻpirilishi davom etadi, chunki bu hech kim oldindan ayta olmaydigan tabiiy jarayondir. Suhbatdosh bu tasodifiy hodisa ekanligini, hech bir mutaxassis uning qachon va qayerda sodir boʻlishini oldindan aytib bera olmasligini aytdi.

Ufa meriyasi arxitektura boʻlimining maʼlumot berishicha, quruvchilar shaharda uy-joylarni loyihalash va qurishda 2012 yilda tuzilgan raqamli xaritadan foydalanishadi. Biroq bu xarita oxiriga yetkazilmaganligi va uni takomillashtirish lozimligi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala