Jamiyat

Oʻzbekiston fuqarosi yapon imperatori ordeni bilan mukofotlandi

© IA "Jaxon"Jalil Sultonov yapon imperatori ordeni bilan mukofotlandi
Jalil Sultonov yapon imperatori ordeni bilan mukofotlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda yapon fuqarolari faoliyatiga oid muzey ochgani uchun Jalil Sultonov Yaponiya imperatori ordeni bilan mukofotlandi

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Oʻzbekistonlik Jalil Sultonov Yaponiya imperatori ordeni bilan mukofotlangan xorij fuqarolari roʻyxatidan joy oldi.

Sultonov 1998 yil mayda oʻz mablagʻlari hisobidan Oʻzbekistonga koʻchirib keltirilgan yaponlar muzeyini tashkil etgandi. U oʻshandan buyon Ikkinchi jahon urushidan soʻng Oʻzbekiston hududiga kelib qolgan yaponlar faoliyati bilan bogʻliq maʼlumot va buyumlarni yigʻadi va muzeyga qoʻyadi.

Yaponiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito "Jahon" axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda shunday dedi:

"Yaponiya hukumati va xalqi Jalil Sultonovning qahramonligi va xalqimiz tarixini saqlab qolishdagi mashaqqatli mehnati uchun minnatdorligini bildiradi. Oʻzbekistonga koʻchirib keltirilgan yaponlar muzeyidagi eksponatlar Oʻzbekiston hududidagi koʻplab xalq xoʻjaligi binolari qurilishida ishtirok etgan yapon askarlarining mehnatsevarligini qalban his etishimizga yordam beradi".

Oʻz navbatida Jalil Sultonov Yaponiya hukumatiga minnatdorligini bildirdi va bu mamlakatga safari haqida aytib berdi: "Oʻtgan yili bosh vazir Sindzo Abening taklifiga binoan Yaponiyada boʻlish baxtiga erishdim, meni u yerda millat qahramonidek kutib olishdi. Bu men uchun ulkan faxrdir. Zero men Oʻzbekistonning oddiygina fuqarosiman".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala