O‘zbekiston fuqarosi yapon imperatori ordeni bilan mukofotlandi

© IA "Jaxon"Jalil Sultonov yapon imperatori ordeni bilan mukofotlandi
Jalil Sultonov yapon imperatori ordeni bilan mukofotlandi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yapon fuqarolari faoliyatiga oid muzey ochgani uchun Jalil Sultonov Yaponiya imperatori ordeni bilan mukofotlandi

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik Jalil Sultonov Yaponiya imperatori ordeni bilan mukofotlangan xorij fuqarolari ro‘yxatidan joy oldi.

Sultonov 1998-yil mayda o‘z mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan yaponlar muzeyini tashkil etgandi. U o‘shandan buyon Ikkinchi jahon urushidan so‘ng O‘zbekiston hududiga kelib qolgan yaponlar faoliyati bilan bog‘liq ma’lumot va buyumlarni yig‘adi va muzeyga qo‘yadi.

Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito "Jahon" axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda shunday dedi:

"Yaponiya hukumati va xalqi Jalil Sultonovning qahramonligi va xalqimiz tarixini saqlab qolishdagi mashaqqatli mehnati uchun minnatdorligini bildiradi. O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan yaponlar muzeyidagi eksponatlar O‘zbekiston hududidagi ko‘plab xalq xo‘jaligi binolari qurilishida ishtirok etgan yapon askarlarining mehnatsevarligini qalban his etishimizga yordam beradi".

O‘z navbatida Jalil Sultonov Yaponiya hukumatiga minnatdorligini bildirdi va bu mamlakatga safari haqida aytib berdi: "O‘tgan yili bosh vazir Sindzo Abening taklifiga binoan Yaponiyada bo‘lish baxtiga erishdim, meni u yerda millat qahramonidek kutib olishdi. Bu men uchun ulkan faxrdir. Zero men O‘zbekistonning oddiygina fuqarosiman".

Yangiliklar lentasi
0