Jamiyat

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilishi mumkin

Yaqinda Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi aviaqatnovlar tiklangandi

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi aviaqatnovlar tiklanganidan soʻng ikki davlat oʻrtasida avtobus qatnovi ham tiklanishi mumkin. Bu haqda Tojikistonning sobiq iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri Larisa Kislyakova maʼlum qildi.

Jamiyat
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida aviaqatnovlar yanvardan yoʻlga qoʻyiladi

Uning soʻzlariga koʻra, Dushanbe Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilishiga umid qilmoqda. Mazkur qatnov 90-yillar oʻrtalarida toʻxtab qolgandi. 

"Hozirda biz Rossiya va Qozogʻistonga yoʻlovchi tashishni amalga oshira olmaymiz, chunki yoʻl Oʻzbekiston orqali oʻtgan. Buning oqibatida mamlakatlarimiz aholisi qiynalmoqda, zero har ikki mamlakatda fuqarolarimiz oʻz qarindoshlariga ega", — dedi Larisa Kislyakova Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala