Jamiyat

OʻzLiDeP: Mirziyoyevga hattoki AQSH va Rossiyadan ham murojaatlar boʻldi

© Sputnik / StringerOʻzLiDeP partiyasi shtabi
OʻzLiDeP partiyasi shtabi - Sputnik Oʻzbekiston
Tumanlar ahlidan tushgan asosiy savollar yoʻllar holati, kommunal xizmatlar, sogʻliqni saqlash va pensiya taʼminoti sohasida boʻldi

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Dilshod Shoumarov Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda saylov kampaniyasi qanday oʻtkazilgani haqida soʻzlab berdi: asosiy eʼtibor Shavkat Mirziyovning viloyatlarga safariga qaratildi.

"Uchrashuvlar selektor yigʻilishlari shaklida oʻtkazildi. Masalan, nomzod Samarqandga boradi, tumanlardagi aholi esa videoaloqa orqali oʻzini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishi mumkin boʻladi", — deydi Shoumarov.

Tumanlar ahlidan tushgan asosiy savollar yoʻllar holati, kommunal xizmatlar, sogʻliqni saqlash va pensiya taʼminoti sohasida boʻldi.

"Hattoki Rossiya va AQSH fuqarolari ham murojaat yoʻllashdi. Darvoqe, ularning aksariyati nomzodga oʻz tilaklarini bildirishdi", — dedi Shoumarov.

Uning aytishicha, mamlakat boʻyicha OʻzLiDePning 10 ming saylov shtabi boʻladi.

"Shtabdan brifinglar boʻyicha maʼlumot muntazam kelib turadi. Ovoz berish yakunlari boʻyicha nomzod ham brifing oʻtkazadi. Bu aniqrogʻi, dushanba kuni boʻladi. Biz saylovchilar ishtiroki yuqori darajada boʻlishini kutmoqdamiz, chunki hozirda saylovga qiziqish juda kuchli, saylovchilar faol ovoz berishmoqda. Millionga yaqin tashviqot materiallari jamoat transporti, hududlarda, hokimiyatlar hamda partiyalarning hududiy boʻlimlari orqali tarqatildi", — dedi u.

© Sputnik / StringerOʻzLiDeP partiyasi shtabi
Shtab partii UzLiDep - Sputnik Oʻzbekiston
OʻzLiDeP partiyasi shtabi

Eslatib oʻtamiz, Prezident saylovida davlat rahbarligiga Oʻzbekiston tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev nomzodi koʻrsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala