Saylov natijalari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishO‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik
O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 36-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan kundan keyin 10 kun ichida Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini e’lon qiladi

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Prezidentlik saylovi natijasi qachon e’lon qilinishiga oydinlik kiritildi, deb xabar qilmoqda kun.uz nashri.

O‘zbekistonda saylovoldi tashviqot - Sputnik O‘zbekiston
Elections.uz-2016: "Welcome to Uzbekistan" maxsus konsert dasturi namoyish etildi
Xabarga ko‘ra, 2-dekabrda "PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016" press-klubida "O‘zbekistonda saylov qonunchiligi: So‘nggi innovatsiyalar" mavzusidagi beshinchi sessiya bo‘lib o‘tgan.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Rahimjon Hakimov, Shuhrat Yoqubov, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari Sanjar Hamidullayevlar qatnashishgan.

O‘zbekistonda Prezidentlik saylovi natijasi qachon e’lon qilinishi masalasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov oydinlik kiritgan: "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 36-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan kundan keyin 10 kun ichida Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini e’lon qiladi", degan u.

Yangiliklar lentasi
0