Jamiyat

Muftiy Usmonxon Alimov saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi

© FacebookOʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov - Sputnik Oʻzbekiston
ELECTIONS.UZ-2016” press-klubi doirasida Oʻzbekistonda faoliyat yuritadigan turli diniy konfessiya vakillari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Muftiy Usmonxon Alimov Oʻzbekiston fuqarolarini saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

Xabarda taʼkidlanishicha, "ELECTIONS.UZ-2016" press-klubi doirasida Oʻzbekistonda faoliyat yuritadigan turli diniy konfessiya vakillari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtgan.

Ovoz berish byulletenlari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Jimlik kuni" yakuniy qarorga kelish imkoniyatini beradi
Uchrashuv doirasida jurnalistlar tomonidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovga musulmonlarning saylovda ishtiroki yuzasidan savol berildi.

"Ayni kunlarda diyorimizda muhim siyosiy tadbir oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan imom va domlalarimiz ham diniy tadbirlar, amru-maʼruflardagi maʼruzalarida saylovning ahamiyati haqida gapirib, moʻmin-musulmonlarni saylovda faol ishtirok etishga daʼvat etishmoqda. Aytish joizki, dinimizda muhim qaror qabul qilishda koʻpchilikning fikri inobatga olinadi. Saylovda ham koʻpchilikning ovozini toʻplagan nomzod gʻalaba qozonadi. Biz saylaydigan nomzod yurtimiz istiqboli va taraqqiyotini, ertangi hayotimizning farovonligini  belgilashda katta ahamiyatga ega. Shu bois barcha hamyurtlarimizni saylovda faol ishtirok etishga chaqiraman", — deb daʼvat qilgan Usmonxon Alimov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala