Hodisalar

Ostonadagi maktablarning birida oʻsmir oʻlik holatda topildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishTez tibbiyo yordam mashinasi
Tez tibbiyo yordam mashinasi - Sputnik Oʻzbekiston
14 yashar maktab oʻquvchisining halokati haqidagi xabar payshanba kuniyoq tarqalib ketgan boʻlsa-da, ammo rasmiy tashkilotlar bu borada izoh berishga shoshilmadilar

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida joylashgan maktablarning birida oʻsmir nobud boʻldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozogʻiston.

Bu haqda nashrga shahar ichki ishlar departamenti matbuot-xizmati rahbari Sofya Kilishbekova xabar qilgan.

Kilishbekovaning soʻzlariga koʻra, sakkizinchi sinf oʻquvchisi, 2002 yilda tugʻilgan oʻsmir Ostonadagi №59 maktabda oʻlik holatda topilgan.

30 noyabr kuni soat taxminan 13:00da oʻquv sinfida topilgan jasadda hech qanday zoʻrvonlik izlari aniqlanmagan.

ayni vaqtda oʻlim holati yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Sud-tibbiy ekspertiza oʻtkazilishi belgilangan.

Tergov doirasida politsiya xodimlari biron-bir izoh bermayapti.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader