Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Urgut tumani saylovchilari bilan uchrashdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishOʻzbekistonda prezident saylovlariga tayyorgarlik
Oʻzbekistonda prezident saylovlariga tayyorgarlik - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqandda oʻtkazilgan uchrashuvlar ham saylovchilarning faolligida, ochiq muloqot tarzida boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Urgut tumani saylovchilari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda OʻzLiDep Samarqand viloyati kengashi matbuot-xizmati.

Xabarda taʼkidlanishicha, Samarqandda oʻtkazilgan uchrashuvlar ham saylovchilarning faolligida, ochiq muloqot tarzida boʻlib oʻtdi.

Suv - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev qishloqlarda ichimlik suvi tarmoqlarini barpo etadi
Tadbirda Oʻzbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Hasan Normurodov yigʻilganlarni nomzodning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirgan.

Dasturdan oʻrin olgan davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, xavfsizlikni taʼminlash, iqtisodiyot, ijtimoiy, yoʻl-transport, sud-huquq hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar haqida saylovchilarga batafsil maʼlumot berdi.

Dasturda viloyatda hududiy avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruktsiya qilish, hududlarning ichki yoʻllari, jumladan, tumanlar, aholi maskanlari, xoʻjaliklarni bogʻlaydigan yoʻllar, shuningdek, qishloqlar, mahallalar ichidan oʻtadigan yoʻllar tarmogʻini kengaytirish, ularning holatini yaxshilashga doir loyihalar amalga oshirilishi  belgilanganini taʼkidladi.

Ishonchli vakil saylovoldi Dasturda ilgari surilgan eng muhim maqsadlar haqida soʻz yuritarkan, viloyatda kelgusi besh yilda 428 kilometr avtomobil yoʻllarini rekonstruktsiya kilish va kapital taʼmirlash, 600 kilometr yoʻlni joriy taʼmirlash moʻljallanayotganini eʼtirof etgan.

Tadbirga soʻzga chiqqanlar Samarqand viloyati oʻzining rivojlangan sanoati va qishloq xoʻjaligi, tabiiy boyliklari, ulkan sayyohlik salohiyati bilan mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida muhim oʻrin tutishini, oxirgi besh yilda viloyatda 100 dan ortiq yangi qoʻshma va xorijiy korxonalar tashkil etilib, ayni paytda ularning soni 259 taga yetganini faxr bilan tilga olganlar.

Tadbir soʻnggida nomzodning ishonchli vakili saylovchilarni boʻlajak saylovda faol ishtirok etib, barchani Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala