Rossiya

Abdulaziz Kamilov Rossiya parlamenti Kengashi Raisi oʻrinbosarini qabul qildi

© Press-slujba MID UzbekistanaRossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi delegatsiyasi Oʻzbekiston TIVda boʻldi
Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi delegatsiyasi Oʻzbekiston TIVda boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston Prezidentining navbatdan tashqari saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida hududlarga tashrif buyurish toʻgʻrisidagi rejalarini oʻrtoqlashdilar

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. 2 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi parlamenti Federatsiya Kengashi Raisi oʻrinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan mamlakatimizga tashrif buyurgan delegatsiya tarkibida senatorlar Vladimir Jabarov, Mixail Kozlov, Sergey Lisovskiy va Dmitriy Mezensev bor.

Rossiya delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston Prezidentining navbatdan tashqari saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida hududlarga tashrif buyurish toʻgʻrisidagi rejalarini oʻrtoqlashdilar.

Muloqot davomida dolzarb Oʻzbekiston-Rossiya kun tartibi nuqtainazaridan parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda Rossiya Elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala