Dastlabki saylov natijalari 5-dekabr kuni e’lon qilinadi

© Sputnik / StringerJurnalistlar
Jurnalistlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 21,435 million ishtirok etishi kutilayapti

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. 24-noyabrdan boshlangan muddatidan avval ovoz berish jarayonlari kecha 2-dekabr kuni soat 18:00 da o‘z yakuniga yetdi.

O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik - Sputnik O‘zbekiston
Saylov natijalari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 21,435 million ishtirok etishi kutilayapti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha Respublika matbuot markazining ma’lum qilishicha, 2-dekabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uchun muddatidan avval ovoz berganlar soni 117 902 kishini tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 4-dekabr kuni soat 6:00 dan 20:00 ga qadar davom etadi. Markaziy saylov komissiyasi dastlabki saylov natijalarini 5-dekabr kuni jamoatchilikka ma’lum qilishga va’da berdi.

Yangiliklar lentasi
0