Dunyoda

Obamani haqoratlagan Duterte Trampning olqishiga sazovor boʻldi

© AFP / ROSLAN RAHMANFilippin orollari prezidenti Rodrigo Duterte
Filippin orollari prezidenti Rodrigo Duterte - Sputnik Oʻzbekiston
Filippin prezidentining giyohvand moddalarga qarshi kurash usuli dunyo hamjamiyati tomonidan keskin qoralangan edi. AQShning yangi saylangan prezidenti esa Dutertening ushbu kampaniyasiga "oq yoʻl" tilagani xabar qilinmoqda

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Filippin orollarining prezidenti  Rodrigo Duterte bilan telefon orqali bogʻlangan va suhbat davomida mamlakatda olib borilayotgan giyohvandlikka qarshi kurash usullarini maʼqullagan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Notoʻgʻri tushunishdi: Filippin prezidenti Obamani haqoratlagani uchun tavba qildi
Eslatib oʻtamiz, Filippin orollari rahbari Duterte joriy yilning 30 iyun kuni rasman prezident etib tayinlangach, mamlakatda ogʻufurushlarni yoʻq qilishga qaratilgan maxsus operatsiya oʻtkazishga buyruq bergan. U bu orqali  orollarda giyohvand moddalar tarqatilishi muammosiga toʻliq chek qoʻyishga ahd qilgan.

Aytish joizki, Filippin prezidentining giyohvand moddalar savdosiga qarshi bu kabi keskin kurash usuli dunyo hamjamiyati, shu jumladan AQSH prezidenti Barak Obama tomonidan keskin qoralangan edi. AQShning yangi saylangan prezidenti Tramp esa Dutertening ushbu kampaniyasiga "oq yoʻl" tiladi, deb yozgan nashr.

Filippin hukumati tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, juma kuni Filippin rahbari va AQShning yangi saylangan prezidenti telefon orqali "oʻta qiziq va jonli" suhbat qurishgan. Yetti daqiqa davom etgan telefon qoʻngʻirogʻi davomida, Tramp Duterteni 2017-yilda Oq Uyni ziyorat qilishga taklif etgan.

Filippin bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Filippin orollarining yangi prezidenti ogʻufurushlarni oʻldirishga buyruq berdi

"Va u mening kampaniyamga omad tiladi", — deya bayonot qilgan Duterte telefon suhbatidan soʻng. Uning soʻzlariga koʻra, Tramp mamlakatda ogʻufurushlikka qarshi qaratilgan kurash "oʻta toʻgʻri" olib borilmoqda, degan fikrni bildirgan.

Duterte hokimiyat tepasiga kelgan kundan boshlab mamlakatda ogʻufurushlar oʻldirilishi holati 200% ortgan. Politsiya tomonidan tarqatilgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, narkotik moddalar oldi-sotdisida gumon qilingan 3 ming kishi shu vaqt oraligʻida sud va tergovsiz oʻldirib yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala