Hodisalar

Toshkentda sodir boʻlgan dahshatli YTH yana bir kishining hayotiga nuqta qoʻydi

© Voditeli TashkentaToshkentda yuz bergan mudhish avariya
Toshkentda yuz bergan mudhish avariya - Sputnik Oʻzbekiston
1 dekabr kuni Toshkent shahrida sodir boʻlgan dahshatli avariya oqibatida "Lacetti" haydovchisi - 22 yoshli TATU talabasi halok boʻlgan edi

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Avtohalokat Amir Temur shoh koʻchasi, Toshkent teleminorasi qarshisida, soat taxminan 21:00 atrofida sodir boʻlganligi haqida xabar bergan edik.

Toshkentda yuz bergan dahshatli avariya - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
TATU talabasi dahshatli YTH oqibatida halok boʻldi
Maʼlumotlarga koʻra, mudhish yoʻl-transport hodisasi piyodaning ehtiyotsizligi sabab kelib chiqqan. Yoʻl yuziga toʻsatdan chiqib qolgan beeʼtibor piyodani urib yubormaslik uchun "Lacetti" haydovchisi avtomobil rulini boshqa tarafga burgan va yoʻl chetidagi daraxt bilan toʻqnashgan. Katta tezlikda kelayotgan avtomobil daraxtga kelib urilishi natijasida tanib boʻlmas holatga kelib qolgan.

Mashinani boshqarib kelayotgan 22 yoshli haydovchi esa voqea joyining oʻzida vafot etgan. U Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti talabasi ekani aytilmoqda. Maʼlumotlarga qaraganda, Lacettida haydovchidan tashqari boshqa yoʻlovchi ham boʻlgan. U ogʻir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.

Facebookdagi "Voditeli Tashkenta" guruhida xabar berilishicha, Lacetti yoʻlovchisi ham shifoxonada vafot etgan. Kecha piyodaning hayotini oʻz umri evaziga saqlab qolgan ikki yigitning dafn marosimi oʻtkazilgan.

Internet foydalanuvchilari yoʻl-transport hodisalari nafaqat haydovchining tezlikni oshirishi, balki masʼuliyatsiz piyodalarning yoʻl-harakati qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida kelib chiqayotganini taʼkidlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala