Jamiyat

Soat 8.00ga kelib saylovchilarning deyarli 8%i ovoz berib boʻldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishSaylov
Saylov - Sputnik Oʻzbekiston
Saylov natijalari dushanba kuni ertalab eʼlon qilinishi rejalashtirilgan

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. MSK oʻtkazgan monitoring natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Prezidenti saylovida 1,5 milliondan ortiq yoki saylovchilarning 7,39%i ovoz berib boʻldi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Jurnalistlar - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Dastlabki saylov natijalari 5 dekabr kuni eʼlon qilinadi

Maʼlumotlarga koʻra, saylovda 21,4 million saylovchi ovoz berish huquqiga ega. Ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00gacha davom etadi. Saylovchilarning 33%i ovoz berganida saylov boʻlib oʻtgan hisoblanadi. Saylov natijalari dushanba kuni ertalab eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi sentyabr kuni Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etdi. Mamlakat Prezidenti vazifasini bajarish Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirildi.

Saylovda OʻzLiDeP partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, OʻzXDP partiyasidan Hatamjon Ketmonov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Sarvar Otamuratov va "Adolat" partiyasidan Narimon Umarovlar oʻz nomzodlari bilan ishtirok etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala