Soat 8.00ga kelib saylovchilarning deyarli 8%i ovoz berib bo‘ldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSaylov
Saylov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saylov natijalari dushanba kuni ertalab e’lon qilinishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. MSK o‘tkazgan monitoring natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti saylovida 1,5 milliondan ortiq yoki saylovchilarning 7,39%i ovoz berib bo‘ldi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Jurnalistlar - Sputnik O‘zbekiston
Dastlabki saylov natijalari 5-dekabr kuni e’lon qilinadi

Ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda 21,4 million saylovchi ovoz berish huquqiga ega. Ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00gacha davom etadi. Saylovchilarning 33%i ovoz berganida saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi. Saylov natijalari dushanba kuni ertalab e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etdi. Mamlakat Prezidenti vazifasini bajarish Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirildi.

Saylovda O‘zLiDeP partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, O‘zXDP partiyasidan Hatamjon Ketmonov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Sarvar Otamuratov va "Adolat" partiyasidan Narimon Umarovlar o‘z nomzodlari bilan ishtirok etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0