Otamuratov saylovda ovoz berdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSarvar Otamuratov
Sarvar Otamuratov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Otamuratov jurnalistlarning savoliga savol bilan javob qaytardi

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. "Milliy tiklanish" partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov saylovda o‘z ovozini berdi, deb xabar qildi RIA Novosti muxbiri.

Otamuratov Toshkentdagi 584-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonida qatnashdi.

Jurnalistlarning "ovoz berish qanday o‘tdi" degan savoliga u: "sizlar nima deb o‘ylasizlar?" deya savol bilan javob qaytardi.

Ilgariroq saylovda ishtirok etayotgan uch nomzod ovoz bergandi.

Ovoz berish - Sputnik O‘zbekiston
Soat 10 holatiga saylovchilarning 25,49 foizi ovoz berdi

MSKning so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, soat 10.00 holatiga saylovchilarning 5,2 million nafari, ya’ni 25,49 foizi o‘z ovozlarini berib bo‘lishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda 21,4 million saylovchi ovoz berish huquqiga ega. Ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00gacha davom etadi. Saylovchilarning 33%i ovoz berganida saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi. Saylov natijalari dushanba kuni ertalab e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etdi. Mamlakat Prezidenti vazifasini bajarish Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirildi.

Saylovda O‘zLiDeP partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, O‘zXDP partiyasidan Hatamjon Ketmonov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Sarvar Otamuratov va "Adolat" partiyasidan Narimon Umarovlar o‘z nomzodlari bilan ishtirok etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0