Jamiyat

Rossiyalik senator saylov jarayonida qonun buzilish boʻlmaganini aytdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishSaylov
Saylov - Sputnik Oʻzbekiston
Senatorning fikricha, mazkur saylovlarda Oʻzbekiston oʻz barqarorligi uchun ovoz bermoqda

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasidan Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan saylov jarayonlarini kuzatish uchun tashrif buyurgan senator Muxarbek Didigov saylov kampaniyasida hech qanday qonun buzilish holatlarini koʻrmaganligini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00gacha davom etadi. Saylovchilarning 33%i ovoz berganida saylov boʻlib oʻtgan hisoblanadi. Saylov natijalari dushanba kuni ertalab eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Ovoz berish - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Soat 10 holatiga saylovchilarning 25,49 foizi ovoz berdi

"Hech qanday qonun buzilish holatlari aniqlanmadi. Kuzatuvchilar bilan ham suhbatlashdim, ular ham hech qanday qonun buzilishi sodir boʻlmaganligini qayd etishdi", — dedi senator jurnalistlarga.

U kampaniya davomida Toshkent, Samarqand va Buxoroda boʻlganligini bildirdi. Uning fikricha, mazkur saylovlarda "Oʻzbekiston oʻz barqarorligi uchun ovoz bermoqda".

Ikkinchi sentyabr kuni Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etdi. Mamlakat Prezidenti vazifasini bajarish Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirildi.

Saylovda OʻzLiDeP partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, OʻzXDP partiyasidan Hatamjon Ketmonov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Sarvar Otamuratov va "Adolat" partiyasidan Narimon Umarovlar oʻz nomzodlari bilan ishtirok etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader