Jamiyat

XXR missiyasi rahbari saylov qonunga muvofiq oʻtmoqda deb hisoblaydi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishSaylov uchastkasi
Saylov uchastkasi - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoylik kuzatuvchi ovoz berish oʻta yuqori darajada tashkil etilganligini eʼtirof etdi

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti saylovidagi barcha jarayonlar qonunchilik va xalqaro tajribaga muvofiq holda oʻtmoqda, dedi XXR kuzatuvchilar missiyasi rahbari, Xitoyning Oʻzbekistondagi sobiq elchisi Gao Yuyshen. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

"Ovoz berish jarayonlari qonunchilik va xalqaro tajribaga muvofiq holda oʻtmoqda. Ovoz berish oʻta yuqori professionallik va samaradorlik asosida tashkil etilgan", — dedi u jurnalistlarga.

Saylov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiyalik senator saylov jarayonida qonun buzilish boʻlmaganini aytdi

Ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00gacha davom etadi. Saylovchilarning 33%i ovoz berganida saylov boʻlib oʻtgan hisoblanadi. Saylov natijalari dushanba kuni ertalab eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Saylovda OʻzLiDeP partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, OʻzXDP partiyasidan Hatamjon Ketmonov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Sarvar Otamuratov va "Adolat" partiyasidan Narimon Umarovlar oʻz nomzodlari bilan ishtirok etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala