Jamiyat

MSK: Prezident saylovi boʻlib oʻtgan, deb hisoblanadi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Fotobankka oʻtishSaylov uchastkasi
Saylov uchastkasi - Sputnik Oʻzbekiston
Soat 11.00gacha saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchining 33,73 foizdan ortigʻi ovoz berishda ishtirok etdi.

TOSHKENT, 4 dek – Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Prezidenti saylovi boʻlib oʻtgan deb hisoblanishini maʼlum qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boʻyicha Respublika matbuot markazi xabar qildi.

Matbuot xizmatining maʼlumot berishicha, soat 11.00 gacha saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchining 33,73 foizdan ortigʻi ovoz berishda ishtirok etdi.

Shunday qilib, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida"gi qonunning 35-moddasiga koʻra Prezident saylovi boʻlib oʻtgan, deb hisoblanadi.

Ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00gacha davom etadi. Saylov natijalari dushanba kuni ertalab eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.
Saylov jarayoni davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala