Jamiyat

Saylov: bolalarga shirinlik, ayollarga gullar

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovSaylov
Saylov - Sputnik Oʻzbekiston
Har bir saylov uchastkasida dastlabki saylovchilarni kutib olishga ijodiy yondashildi. Masalan, bir saylov uchastkasida ayollarga gullar taqdim etildi, yana birida esa bolalarga shirinliklar ulashildi

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Bugun erta tongdan fuqarolar Prezident saylovida ovoz berishlari uchun butun Oʻzbekiston boʻylab saylov uchastkalari ochildi. Har bir saylov uchastkasida dastlabki saylovchilarni kutib olishga ijodiy yondashildi, deb yozadi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri. Masalan, bir saylov uchastkasida ayollarga gullar taqdim etildi, yana birida esa bolalarga shirinliklar ulashildi. Ayrim saylov uchastkalarida milliy kuylar ijro etildi.

Aksariyat toshkentliklar erta tongdanoq oʻz ovozlarini berishga qaror qildilar. Soat 9 boʻlmasidan shahardagi koʻplab uchastkalar ovoz beruvchilar bilan gavjum edi.

"Biz turmush oʻrtogʻim bilan ertalabda kelib ovoz berib, kun boʻyi boʻsh vaqtimiz koʻp boʻladi deb kelgandik. Hammadan avval keldik deb oʻylagandik, bizdan oldin kelganlar ham koʻp ekan. Hech qanday muammo boʻlmadi, saylov uchastkasi xodimlari oʻz ishlarini aʼlo darajada bajarishmoqda", — deydi Bektemir tumanida yashovchi Tatyana ismli ayol.

Saylov uchastkasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
MSK: Prezident saylovi boʻlib oʻtgan, deb hisoblanadi

Oʻzbekistonda saylovlar oʻziga xos oilaviy anʼana desa ham boʻladi. Koʻplab uchastkalarda mamlakat hayoti uchun oddiy hol boʻlib qolgan manzaraga koʻzingiz tushishi mumkin edi. Ovoz berish uchun butun oila jamuljam holda: eng oldinda otaxonu onaxonlar, ularning ortidan esa farzandlarini yetaklagan ota-onalar keldilar. Toshkent viloyatidagi saylov uchastkalaridan birida 80 yoshli otaxon nevara-chevaralari qurshovida ovoz berdi.

Saylovchilarga ovoz berganlaridan soʻng beriladigan "Biz ovoz berdik! Siz-chi?" yozuvi tushirilgan nishon ham oʻziga xoslik kasb etdi.

Ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00gacha davom etadi. Saylov natijalari dushanba kuni ertalab eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala