Jamiyat

Churov: Saylov qonun buzilishlarsiz oʻtmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston Prezidenti saylovi
Oʻzbekiston Prezidenti saylovi - Sputnik Oʻzbekiston
Churovning soʻzlariga koʻra, u ikki kundan buyon Fargʻona vodiysi shaharlari — Qoʻqon, Andijon, Namangan va boshqa shaharlarda faoliyat yuritmoqda

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda Prezident saylovi juda yaxshi tashkillashtirilgan  va qonun buzilishlarsiz oʻtmoqda, dedi Rossiya MSK sobiq rahbari, Rossiya TIV alohida topshiriqlar boʻyicha elchisi Vladimir Churov RIA Novostiga.

Churovning soʻzlariga koʻra, u ikki kundan buyon Fargʻona vodiysi shaharlari — Qoʻqon, Andijon, Namangan va boshqa shaharlarda faoliyat yuritmoqda.

"Hammasi juda yaxshi tashkillashtirilgan, uchastkalar jihozlangan, saylovchilar uchun barcha kerakli maʼlumotlar mujassam. Oʻz navbatida, saylovchilar ham juda faol, ayniqsa yoshlar", — dedi Churov.

Saylov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Saylov: bolalarga shirinlik, ayollarga gullar

"Saylov qonun buzilishlarsiz oʻtmoqda", — taʼkidladi u.

Churov shuningdek, Oʻzbekistondagi saylovlarda uchinchi bor kuzatuvchi boʻlib ishlayotganini, 2014 yilgi parlament va 2015 yilgi Prezident saylovlarida ham ishtirok etganini eslatib oʻtdi.

"Bu menga oldinga oʻsish boʻlayotganini kuzatish imkoniyatini berdi. Har bir saylov borgan sari yaxshi tashkillashtirilmoqda, ular har galgidan shaffof oʻtmoqda", — dedi TIV alohida topshiriqlar boʻyicha elchisi.

Churov saylov yakunlari boʻyicha batafsil hisobot tayyorlashini maʼlum qildi.

Bugun boshlangan Prezident saylovi MSK tomonidan boʻlib oʻtgan deb hisoblandi. Chunki soat 11da saylovchilarning 33%dan ortigʻi ovoz berib boʻldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader