Putin Trampning aqlli inson ekanligini aytdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noyabr o‘rtalarida Putin va Tramp dastlabki telefon orqali suhbatini amalga oshirishgan va muammolarni hal qilishda birgalikda ishlashga tayyorliklarini bildirishgandi

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp aqlli inson ekanligini, shuning uchun u mas’uliyatni tez his qilishini va Rossiya uning aynan mana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib harakat qilishiga ishonishini bildirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Birinchi qo‘ng‘iroq: Putin va Tramp nima haqda gaplashdi?

"Tramp tijoratchi va tadbirkor bo‘lgan. Bugun esa davlat arbobi, dunyoning yetakchi, iqtisodiyoti rivojlangan, harbiy qudratga ega Amerika Qo‘shma Shtatlarining yetakchisi. Uning biznesda erishgan muvaffaqiyatlari bu insonning aqlli ekanligini ko‘rsatadi. Aqllimi, demak, mas’uliyat darajasini yetarlicha tez anglaydi. Biz uning aynan mana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib ish olib borishiga ishonamiz", — dedi Putin NTV kanalida bergan intervyusida.

Noyabr o‘rtalarida Putin va Tramp dastlabki telefon orqali suhbatini amalga oshirishgan va ikki tomonlama munosabatlarni bugungi inqiroz holatidan olib chiqish hamda xalqaro miqyosdagi muammolarni hal qilishda birgalikda ishlashga tayyorliklarini bildirishgandi.

Yangiliklar lentasi
0