14 millionga yaqin saylovchi ovoz berib bo‘ldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPrezident saylovida ovoz berish
Prezident saylovida ovoz berish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov komissiyasiga ovoz berish jarayoni haqidagi ma’lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Soat 15.00 gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchining 67,82 foizi yoki 13,8 milliondan ortig‘i ovoz berib bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha bugun soat 6.00 da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma’lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda.

Ovoz berish bugun soat 20.00gacha davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0