Fidel Kastroning hoki Santa-Ifigeniya qabristoniga ko‘mildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishFidel Kastroning dafn marosimi
Fidel Kastroning dafn marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuba televideniyesi dafn etish marosimini translyatsiya qilmadi

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Fidel Kastroning hoki Santyago-de-Kuba shahridagi Santa-Ifigeniya qabristonida dafn etildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Lotin Amerikasidagi Telesur telekompaniyasiga tayangan holda.

Sputnik_Minglab kubaliklar Fidel Kastro bilan vidolashish uchun navbatda turishibdi - Sputnik O‘zbekiston
Kubaliklar Fidel Kastro bilan vidolashmoqda
Xabarda ta’kidlanishicha, Kuba televideniyesi dafn etish marosimini translyatsiya qilmagan.

3-dekabr kuni Kuba yetakchisi Raul Kastro Fidel Kastro xotirasiga bag‘ishlangan mitingda chiqishi vaqtida dafn etish marosimi ortiqcha dabdababozliksiz o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro 90 yoshida o‘tgan hafta juma kuni olamdan o‘tgan edi. Kubada milliy motam kuni e’lon qilingan — milliy bayroqlar tushirilgan, barcha ko‘ngilochar tadbirlar bekor qilingan.

Yangiliklar lentasi
0