Siyosat

Saylov uchastkalari yopilishiga 1,5 soat qoldi: saylovchilarning 81,30 %i ovoz berib boʻldi

© AFP / POOL / Anvar Ilyasov Oʻzbekiston prezidenti saylovi
Oʻzbekiston prezidenti saylovi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha soat 6.00 da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi maʼlumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda prezident saylovi qizgʻin davom etmoqda. Shu vaqtga qadar olingan maʼlumotlarga koʻra, saylovchilarning 81% ovoz berib boʻlgan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi rasmiy saytida xabar berilgan.

"Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha soat 6.00 da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi maʼlumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda.

Soat 18.00 gacha saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchilarning 81,30 foizidan ortigʻi ovoz berib boʻldi.

Saylov jarayoni davom etmoqda", — deyiladi xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala