Dunyoda

Nyu-yorkliklar Melaniya Trampni shahardan chiqarib yubormoqchi

© RIA NovostiAQShning yangi saylangan prezidenti - Donald Trampning rafiqasi Melanya
AQShning yangi saylangan prezidenti - Donald Trampning rafiqasi Melanya - Sputnik Oʻzbekiston
Yuz mingga yaqin nyu-yorkliklar Donald Tramp qasamyod qilgach, uning rafiqasi Melaniya - Nyu-Yorkni tark etishini talab qilib, petitsiya imzolashdi

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. "Melanya Tramp turmush oʻrtogʻining inauguratsiyasidan keyin Nyu-Yorkni tark etsin!". Nyu-Yorkning 100 mingga yaqin aholisi aynan shunday talab bilan petitsiya imzolashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ilgariroq, Tramp va uning oilasini qoʻriqlash Nyu-York hukumatiga salkam 1 million $ga tushayotgani xabar qilingan edi. "Tramp Oq uyga koʻchib borgach ham bu harajatlar kamaymasligi mumkin, — deb yozadi nashr. — Negaki siyosatchining rafiqasi va ularning 10 yashar oʻgʻillari Berron oʻquv yilining oxiriga qadar Manxettenda joylashgan Trump Tower pentxausida qolishmoqchi". Donald Trampning oʻzi esa ularni vaqti-vaqti bilan ziyorat qilishini bildirgan.

Donald Tramp, oʻgʻli Barron va rafiqasi Melanya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
OAV: Tramp va uning oilasini qoʻriqlash uchun kuniga 1 mln $ sarflanmoqda
Melaniyaning Nyu-Yorkda qolish istagi jamoatchilikda katta shov-shuvlarni keltirib chiqardi. Va shahar aholisi darhol shtat gubernatori Endryu Kuomo hamda shahar meri Bill De Blazio nomiga murojaat xati — petitsiyani imzolashni boshlab yuborishdi. Ular hukumatdan Tramp Oq uyga ketgach, uni qoʻriqlashga ketadigan mablagʻlarni toʻlashdan toʻxtatishga chaqirishmoqda.

"Agar bu qaror er-xotin Tramplar tomonidan qabul qilingan boʻlsa, ularning oʻzlari bu sarf-harajatlarni qoplashlari lozim. Aslom nyu-Yorklik soliq toʻlovchilar emas. Axir bizlarning mablagʻlarimiz koʻchalar, maktablar, transport, sanitariya, yangi ish oʻrinlari va shaharning boshqa sarf-harajatlarga yoʻnaltiriladi", — deb taʼkidlashgan imzo chekuvchilar petitsiyada.

Nashrda yozilishicha, Tramp oʻz maslahatchilari bilan bir haftada necha kunni Oq Uyda oʻtkazishi lozimligi borasida fikrlashgan. Taʼkidlanishicha, saylovoldi kampaniyasi vaqtida ham Tramp "ertalab oʻz karavotida uygʻonish imkoniga ega boʻlish uchun" Nyu-Yorkka kech oqshom tushganda uchib kelib turgan.

Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp prezidentlik vakolatini kelgusi yilning 20 yanvarida qabul qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala