Bugun saylovning dastlabki natijalari e’lon qilinadi

© SIK UzbekistanaSaylov bulletenlari
Saylov bulletenlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda saylov uchastkalarida har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar alohida-alohida sanab chiqilmoqda

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Bugun soat 16:00da o‘tkaziladigan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari e’lon qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berishning borishiga bag‘ishlangan brifing chog‘ida ma’lum qildi. Uning so‘zlari MSK rasmiy saytida keltirildi.

“Ayni paytda saylov uchastkalarida har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar alohida-alohida sanab chiqilmoqda. Ovozlarni sanab chiqishda Prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning 37 mingdan ortiq kuzatuvchilari, xalqaro kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ham qatnashmoqda. Joylardan saylov mobaynida saylov qonunchiligi buzilganligi haqida axborotlar kelib tushmadi”, — dedi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov.

Saylov bulletenlari - Sputnik O‘zbekiston
Prezident saylovida 88% saylovchi ovoz berdi

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz berishda 17 million 941 ming 955 nafar fuqaro ishtirok etdi. Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,83 foizini tashkil etadi.

Mamlakatimiz fuqarolari saylovda yuksak siyosiy va fuqarolik faolligini namoyish etdi. Soat 11.00 ga qadar saylovchilarning 33 foizidan ortig‘i ovoz berishda ishtirok etgani buning yaqqol tasdig‘idir".

Bugun soat 16:00da o‘tkaziladigan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0