Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev – Oʻzbekistonning yangi Prezidenti

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Prezidenti saylovi 4 dekabr kuni oʻtkazildi. Shavkat Mirziyoyev uchun saylovchilarning 88,61%i ovoz berdi

TOSHKENT, 5 dek – Sputnik. Tadbirkor va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzodi koʻrsatilgan Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. Bu haqda Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov bugun soat 16:00da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga bagʻishlangan brifing chogʻida maʼlum qildi. 

Shavkat Mirziyoyev uchun saylovchilarning 88,61%i (15 906 722 kishi)  ovoz berdi.

Oʻzbekiston Prezidenti saylovi 4 dekabr kuni oʻtkazildi. Ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00da yakunlandi.

Maʼlumotlarga koʻra, ovoz berishda 17 million 941 ming 955 nafar fuqaro ishtirok etdi. Bu roʻyxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,83 foizini tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader