Ekspert: YeXHTning noaniq xulosalariga e’tibor bermaslik kerak

© SputnikSiyosatshunos Andrey Manoylo
Siyosatshunos Andrey Manoylo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatshunosning fikricha, YeXHTning saylovlarni kuzatish bo‘yicha katta tajribasi bor, lekin tashkilot kuzatuvchilarining xulosalari nobarqarorligi bilan ajralib turadi

TOShKENT, 5 dek — Sputnik, Kurilkin Anton. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida "qonun buzilishi" holatlari yuz bergani haqidagi umumiy va noaniq gap-so‘zlar kuzatuvchilarda dalil-isbot yo‘qligini ko‘rsatadi, dedi M.V.Lomonosov nomidagi MDU professori, siyosatshunoslik fanlari doktori Andrey Manoylo Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda.

Siyosatshunosning fikricha, YeXHTning saylovlarni kuzatish bo‘yicha katta tajribasi bor, lekin tashkilot kuzatuvchilarining xulosalari nobarqarorligi bilan ajralib turadi.

"YeXHTning saylovlarni kuzatish bo‘yicha tajribasi katta. Lekin shunday holatlar bo‘ladiki, saylovlar "qonun buzish chegarasida" bo‘lib o‘tadi, YeXHT kuzatuvchilari esa saylovlar qonun buzilishlarisiz o‘tganligini aytishadi. Va aksincha — saylovlar o‘ta shaffof va demokratik bo‘lib o‘tadi, YeXHT esa o‘zining boshqacha xulosasini beradi".

Saylov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik senator saylov jarayonida qonun buzilish bo‘lmaganini aytdi

Manoyloning aytishicha, Peter Teylerning bayonoti qonun buzilishi yuz berganiga kuzatuvchilarning o‘zlari ishonchi komil emasligini ko‘rsatadi.

"Bayonot mantig‘iga ko‘ra tashkilot xodimlarining qonun buzilishi yuz bergan yoki bermaganligi borasida ishonchlari komil emasligini bildiradi. Bu kuzatuvchilarda dalil-isbot yo‘qligini ko‘rsatadi. Shuning uchun YeXHTning noaniq va mavhum xulosalariga e’tibor qaratishning hojati yo‘q".

Musobaqalashishning past darajada ekanligi haqidagi bayonot, deydi ekspert, YeXHT vakilining shaxsiy fikri hisoblanadi va bu fikr kuzatuvchilar O‘zbekistondagi saylov uchastkalarida ham G‘arbiy Yevropadagidek to‘polonlarni ko‘rishni istaganlari tufayli paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Leonid Sluskiy - Sputnik O‘zbekiston
Sluskiy: O‘zbekistondagi saylovlar odamlarga juda qulay tashkillashtirilgan

"Bu shaxsiy baholash va odamlarni chalg‘itishdan boshqa narsa emas. Musobaqalashish ruhi umumiy va mavhum tushuncha. Ehtimol, YeXHT vakillari G‘arbiy Yevropadagi kabi musobaqalashishlarni kutishgandir. Lekin O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda bunday bo‘lmaydi — bu mamlakatlar o‘z siyosiy madaniyati, an’ana va siyosiy tizimlariga ega", — dedi Manoylo.

Buning ustiga, ekspertning fikricha, o‘zbek jamiyati judayam ahil, musobaqalashishni esa jamiyatda bo‘linish yuz berganida kutish mumkin.

"O‘zbek jamiyati judayam ahil. Birinchi Prezident davrida shunday edi va hozir ham shunday bo‘lib qoladi. Katta musobaqalashishlar esa qachonki jamiyatda bo‘linish yuz berganida sodir bo‘ladi. Saylov uchastkalariga kelgan saylovchilar allaqachon kimga ovoz berishlari haqida bir qarorga kelib bo‘lishgandi va shunchaki varaqani belgilagani kelishgandi. Kuzatuvchilar esa ehtimol to‘polonlarni ko‘rishni istashgan bo‘lishi mumkin", — deb xulosa qildi ekspert.

Bugun YeXHT demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosining O‘zbekiston Prezidenti saylovlarini kuzatish missiyasi rahbari Peter Teyler tashkilot kuzatuvchilari saylovda qonun buzilishlariga guvoh bo‘lganligini bildirgandi. Teyler shuningdek, respublikada saylov yuqori darajada tashkillashtirilganini, lekin musobaqalashish ruhi past bo‘lganini aytgandi.

Saylov jarayonini dunyoning 44 mamlakati hamda MDH, YeXHT, ShHT, IHT va Butunjahon saylov organlari tashkilotining 500dan ortiq kuzatuvchilari kuzatib borishdi.

Yangiliklar lentasi
0