O‘zLiDeP shtabida bayramona tort tayyorlandi

© StringerFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tort O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida bezatilgan bo‘lib, ustida "Mirziyoyev bizning prezident" deb yozilgan.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zLiDeP partiyasi saylovoldi shtabida Shavkat Mirziyoyev g‘alabasiga bag‘ishlangan tort tayyorlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Partiya raisi o‘rinbosari Muxlisaxon Akromova jurnalistlarga shtab aktivistlari uchun tayyorlangan tortni ko‘rsatdi. Tort O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida bezatilgan bo‘lib ustida "Mirziyoyev bizning prezident" deb yozilgan.

"Biz buni oldindan tayyorladik deb o‘ylamanglar, uni hozirgina olib kelishdi", — deb izoh berdi Muxlisaxon Akromova.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin O‘zLiDep saylovoldi shtabi Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80% ovoziga ega bo‘lganiga ishonch bildirgan edi.

Ayni damda Markaziy Saylov komissiyasi to‘plangan ovozlarni hisoblash bilan shug‘ullanmoqda. Saylovning yakuniy natijasi 5-dekabr kuni soat 16:00da e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0