Putin Mirziyoyevni ishonchli g‘alaba bilan tabriklab, Rossiyaga taklif qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni ishonchli g‘alaba bilan tabriklab Rossiyaga rasman tashrif bilan taklif qildi.

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zLiDeP partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylovda erishgan ishonchli g‘alaba bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda Kreml matubot xizmati.

Vladimir Putin birinchi bo‘lib O‘zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Rossiya prezidentining taklifi O‘zbekiston tomonidan iltifot bilan qabul qilindi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0